«Lokomotiv» Mikael Sekeyra bilan xayrlashdi
Toshkentning «Lokomotiv» klubi jamoaning portugaliyalik bosh murabbiyi Mikael Sekeyra bilan xayrlashganini e'lon qildi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu mavsum «temiryo‘lchilar»ni boshqargan Mikael Sekeyra «Lokomotiv» bilan o‘zaro kelishgan holda jamoani tark etgan.
«Portugaliyalik mutaxassis bugun, 24 noyabr kuni tunda o‘z yurtiga uchib ketadi. Ushbu mavsum jamoamizni boshqargan Sekeyra vataniga ketish oldidan jamoa a'zolarini bir joyga yig‘ib, klub rahbariyati, murabbiylar shtabi hamda futbolchilarga minnatdorchilik bildirdi.
O‘z navbatida klubimiz rahbariyati ham portugaliyalik murabbiy sha'niga iliq fikrlar aytib, yakuniga yetayotgan mavsum uchun tashakkur izhor qildi. «Lokomotiv» PFK Mikael Sekeyraga o‘zaro hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi hamda murabbiyning keyingi faoliyatiga omad tilaydi», - deyiladi klub xabarida.
Ma'lumot uchun, «Lokomotiv» Superliga 25-turidan keyin 36 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi. Klub chempionatdagi so‘nggi o‘yinni «Nasaf»ga qarshi o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, «Lokomotiv» ustozi oktabr oyida Qo‘qondagi mag‘lubiyatdan (1:2) keyin o‘zbek futboli va hakamlik haqida keskin fikr bildirgandi.
Mavzuga oid
20:17 / 03.08.2023
Tomoshabinlar antirekordi qayd etilgan OKMK – «Lokomotiv» o‘yinidan fotojamlanma
16:59 / 25.11.2022
«Turon» Superligaga yo‘llanma oldi, «Lokomotiv» Pro ligaga ravona bo‘ldi
16:52 / 29.10.2022
Toshkent hal qiladi: Chempionlik 21 yil o‘tib, poytaxtdan tashqariga chiqadimi?
18:04 / 20.10.2022