Astana Motors O‘zbekistonda Hyundai avtomobillarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
Qozog‘istonning Astana Motors kompaniyasi O‘zbekistonda Hyundai avtomobillarini ishlab chiqaruvchi zavod qurish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin mamlakatlar o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlik forumida ma'lum qildi.
Zavod Jizzax shahrida joylashishi kutilayotgan bo‘lib, u yerda erkin iqtisodiy zona tashkil etilgan va Kia, Renault, LADA, Volkswagen hamda Škoda avtomobillarini yig‘uvchi korxonalar tashkil etilgan.
2018 yilning noyabr oyida Hyundai Auto Kazakhstan O‘zbekistonda yengil texnika distribyutoriga aylangandi.
«O‘zbekistonda siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar boshlangani tufayli, u yerga eng yirik kompaniyalar kirib kelmoqda. Hyundai Motor Company ham ushbu yangi va istiqbolli bozorga kirish istagini bildirdi va Astana Motors’ga mintaqaviy distribyutor bo‘lishni taklif qildi. Biz ham ushbu mintaqada salohiyatni ko‘ryapmiz va Hyundai Motor Company taklifini mamnuniyat bilan qabul qildik», degandi o‘shanda kompaniya direktori Denis Kolomatskiy.
U O‘zbekiston aholisi Qozog‘istondan ikki barobar ko‘p ekani, avtomobil bozori uzoq vaqt davomida atigi bir necha modellarda taqdim etilganini aytgandi. Shuningdek, boshlanishiga qariyb 1000 dona avtomobilni sotish rejalashtirilgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
07:31 / 12.11.2024
Oktyabrda ayrim avtomobillar narxi biroz pasaydi
15:11 / 05.11.2024
Xususiy tadbirkorlar olib kirayotgan mashinalar uchun yana bir yangi tartib joriy qilindi
14:37 / 30.10.2024
Toyota avtomobillarini ishlab chiqarish hajmi ketma-ket sakkizinchi oy pasaydi, sotuvlar ham qisqardi
18:54 / 25.10.2024