Jizzaxda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Lacetti’da yong‘in yuz berdi
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Lacetti’da yong‘in yuz bergan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, bugun 2021 yil 3 dekabr kuni soat 06:38 da Jizzax viloyati FVBga 101 qisqa raqami orqali M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining G‘allaorol tumani hududidan o‘tuvchi 1118-kilometrida yo‘l-transport hodisasi oqibatida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida ma'lumot kelib tushgan.
Aytilgan joyga G‘allaorol tumani FVB qutqaruvchilar bo‘linmasi soat 06:51 da yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida yong‘in soat 06:57 da to‘liq bartaraf etilgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, Toshkent-Termiz yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Lacetti mashinasi shu yo‘nalishda harakatlanayotgan HOWO yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. So‘ng, Lacetti mashinasida yong‘in yuzaga kelgan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Hozirda ko‘rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
12:18 / 24.04.2024
G‘allaoroldagi YTH oqibatida ikki emas, uch nafar o‘quvchi halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi
11:01 / 05.05.2023
Jizzaxda hamqishloqlarning janjali o‘lim bilan yakun topdi
19:44 / 17.02.2023
Birovning xotini bilan qo‘lga tushgan “uchastkavoy” ishdan olindi
17:03 / 16.02.2023