Jahon | 14:27 / 06.12.2021
5164
1 daqiqa o‘qiladi

Myanma sobiq rahbari Aun San Su Chji to‘rt yilga qamaldi

76 yoshli siyosatchiga nisbatan umumiy hisobda 10 ta jinoiy ayblov bildirilgan.

Foto: AP

Myanma sobiq davlat maslahatchisi Aun San Su Chji armiya ichida qarama-qarshiliklar keltirib chiqargani va koronavirus bilan bog‘liq cheklov qoidalarini buzgani uchun to‘rt yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Agence France-Presse xabar bermoqda.

Mayanma harbiylari vakili Zo Min Tunning so‘zlariga ko‘ra, Aun San Su Chjiga har bir ayblov moddasi bo‘yicha ikki yildan muddat berilgan.

76 yoshli siyosatchiga nisbatan umumiy hisobda 10 ta jinoiy ayblov, jumladan davlat sirlarini oshkor qilmaslik qonunini buzish ayblovi bildirilgan. Ayblovlarning aksariyati korrupsiya bilan bog‘liq.

Aun San Su Chji davlat maslahatchisi sifatida mamlakatni boshqarib kelgan. U parlament saylovlari natijalarini soxtalashtirish ayblovi bilan 1 fevraldagi davlat to‘ntaruvi davomida harbiylar tomondan hokimiyatdan chetlatilgandi. 

Mavzuga oid