Toshkentda Transafg‘on yo‘lagi bo‘yicha xalqaro muzokaralar bo‘lib o‘tdi
Joriy yil 6-7 dekabr kunlari Toshkent shahrida Afg‘oniston hududi orqali o‘tuvchi «Termiz –Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar» temir yo‘li liniyasini loyihalash va qurish bo‘yicha transport vazirliklari rahbarlari ishtirokida uch tomonlama (O‘zbekiston, Afg‘oniston, Pokiston) va ko‘p tomonlama (O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Afg‘oniston, Pokiston) muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» axborot-tahliliy media markazi xabariga ko‘ra, tomonlar qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlash, xalqaro transport kommunikatsiyalari va savdo aloqalarining mintaqalararo hamkorligini rivojlantirish, shuningdek, iqtisodiyot turli tarmoqlarida hamkorlikni chuqurlashtirishda mazkur loyihaning ahamiyati haqida ta’kidlab o‘tdi.
Yig‘ilish yakunida tomonlar tez orada ilgari surilgan temir yo‘l liniyasini qurish loyihasini joyiga chiqqan holda o‘rganish, ishchi guruhlar yig‘ilishini doimiy ravishda o‘tkazish va dastlabki texnik-iqtisodiy asoslar ishlab chiqilgandan so‘ng loyihaga xalqaro moliya institutlarini jalb qilish bo‘yicha kelishib oldi.
Mavzuga oid
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024
O‘zbekiston va YeI afg‘on masalasi bo‘yicha o‘zaro maslahatlashuvni davom ettiradi
22:45 / 02.11.2024