O‘zbekiston | 11:03 / 11.12.2021
5397
1 daqiqa o‘qiladi

Kam Air aviakompaniyasi Kobul va Toshkent o‘rtasida parvozlarni tiklamoqda

Foto: Wikimedia

Afg‘onistonning Kam Air aviakompaniyasi 14 dekabrdan boshlab Kobul va Toshkent o‘rtasida aviaqatnovni tiklaydi, deb xabar bermoqda «Sputnik».

«Bizda yaxshi yangilik bor – 14 dekabrdan parvozlarni tiklaymiz», — deyiladi aviakompaniyaning O‘zbekistondagi vakolatxonasi xabarida. 
 
Kam Air vakilining ta'kidlashicha, dastlab yo‘lovchi reyslari haftasiga ikki marta - seshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Noyabr oyi oxirida Afg‘onistonning Bakhtar agentligi Kam Air rahbari Zamari Qamgar bayonotiga tayanib, Kobul va Toshkent o‘rtasidagi havo qatnovi dekabr boshida tiklanishi mumkinligini xabar qilgandi. 

Qamgarning aytishicha, havo tranziti muammosi hal qilingan. 

Biroq o‘shanda O‘zbekiston tomoni Kobul va Toshkent o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar qayta tiklanishi haqida hech narsa bilmasligini bildirgan.

Mavzuga oid