O‘zbekiston | 07:50 / 13.12.2021
19325
2 daqiqa o‘qiladi

1 yanvardan Toshkentda avtobus va metropolitenda yo‘lkira narxi oshishi kutilyapti

Foto: Kun.uz

Toshkent shahar hokimining “Yangi tariflar joriy qilinishi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Hujjat bilan Toshkent shahar jamoat transportida yo‘lkirani naqd pul orqali to‘lovlarni amalga oshirishda 1 700 so‘m miqdorida belgilash rejalashtirilmoqda.

“Yo‘lkira haqi yig‘ilishida shaffoflikning ta’minlanishi shahar jamoat transportida naqd pul orqali to‘lovlarni amalga oshiruvchi yo‘lovchilar soni kamayishi evaziga transport kartalaridan foydalanuvchilarning soni va ulardan tushadigan mablag‘larning keskin o‘sishiga, ular tomonidan cheklangan tariflar asosida ko‘riladigan zararlar miqdorining kamayishiga olib keladi”, deyiladi loyihada.

Ta’kidlanishicha, 2022 yilda yangi tariflarning joriy etilishi natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga binoan, “Toshshahartransxizmat” AJ tizimidagi avtobus saroylari hamda “Toshkent metropoliteni” UKning kutilayotgan umumiy zarari miqdori kamayishi evaziga shahar mahalliy budjetida 128-130 mlrd so‘m miqdorida mablag‘lar tejalishi kutilmoqda.

Mavzuga oid