Nimalarning narxi oshishi mumkin? - MB inflyatsion kutilmalar sharhini e'lon qildi
Noyabr oyidagi so‘rov aholining inflyatsion kutilmalari 16,5, biznesniki esa sezilarli o‘sib 15,6 foizni tashkil qilganini ko‘rsatdi. Aholi va biznes kelgusida nimalarning narxlari oshishini kutmoqda?
Markaziy bank noyabr oyi uchun aholi va tadbirkorlik sub'yektlarining inflyatsion kutilmalari sharhini e'lon qildi.
Unga ko‘ra, aholining inflatsiya bo‘yicha kutilmalari oktyabrga nisbatan 0,3 foizga o‘sib 16,5 foizni tashkil qildi.
Aholi kelgusida narxlar oshishiga qanday omillar ta'sir qiladi deb hisoblaydi:
- milliy valuta kursining qadrsizlanishi (47 foiz);
- yonilg‘i mahsulotlari va transport xarajatlarining qimmatlashishi (43 foiz);
- ulgurji savdo nuqtalarining kamayishi natijasida mahsulotlar taklifining qisqarishini keltirishgan.
Shuningdek, qo‘shni davlatlardagi yuqori inflatsiya ko‘rsatkichi import qilinayotgan tovarlar narxining oshishiga (35 foiz) olib kelishi iqtisodiyot sub'yektlarining inflyatsion kutilmalarini oshiruvchi rol o‘ynadi.
Aholining 16 foizdan pastroq kutilmalari oxirgi marta sentyabr oyida shakllangandi – 15,8 foiz. Noyabrdagi inflyatsion kutilmalar yanvar oyidagi yuqori ko‘rsatkich – 16,6 foizga deyarli yaqinlashdi.
Biznes nimalarni kutmoqda?
Noyabr oyi yakunlari bo‘yicha kelgusi 12 oy uchun narxlar o‘sishi bo‘yicha respondent tadbirkorlik sub'yektlarining kutilmalari 15,6 foizni tashkil qilib, o‘tgan oyga nisbatan 0,8 foizga oshdi.
Biznes narxlarning oshishiga qaysi omillar ta'sir qiladi deb hisoblaydi:
- yonilg‘i mahsulotlari va transport xarajatlarining qimmatlashishi (49 foiz);
- milliy valuta kursining qadrsizlanishi (44 foiz).
Shuningdek, iqtisodiyot sub'yektlari tomonidan kelgusi yilda ham pandemiya natijasida yuzaga kelgan xomashyo va butlovchi qismlar taklifining kamayishi davom etishi kutilmoqda va bu, o‘z navbatida, xorijdan import qilinadigan xomashyo va butlovchi qismlar qimmatlashishiga (33 foiz) hamda bu kabi mahsulotlarni yetkazib berishdagi uzilishlar (16 foiz) sodir bo‘lish ehtimolining yuqori darajasi saqlanib qolishiga sabab bo‘ladi.
So‘rovda qatnashgan iqtisodiyot sub'yektlarining deyarli 14 foizi kelgusida turar joy, tijoriy bino hamda ijara to‘lovlarining ham oshishini bildirayotgan bo‘lsa, mahalliy boshqaruv organlarining aralashuvi davom etishi mumkinligi respondentlarning 13 foizi tomonidan kutilmoqda.
Mavzuga oid
11:23 / 01.11.2024
«Biz uchun qiziqligi uning qaysi narxda kirib kelishi» – MB raisi energetika resurslari importida Rossiyaga qaramlik haqida
19:37 / 31.10.2024
«Valuta kursining 1 foizga qadrsizlanishi inflatsiyaga 0,3-0,4 foiz ta’sir ko‘rsatishi mumkin» - MB raisi
23:37 / 23.10.2024
O‘zbekistonda muomaladagi naqd pul ulushi 20,7 foizgacha kamaydi - Markaziy bank
20:06 / 18.10.2024