Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktoriga o‘rinbosarlar tayinlandi
Alisher Miraliyev, Bekzod Usmonov va Qahramon Hakimov Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining o‘rinbosarlari lavozimlariga tayinlandi. Bu haqda telegramdagi «Nigoh» kanali xabar bermoqda.
Agentlikka 2020 yildan buyon Akmalxon Ortiqov rahbarlik qilib kelmoqda.
Agentlik direktorining to‘rt o‘rinbosari lavozimi bo‘lib, shundan uchtasi ayni vaqtgacha vakant edi, tashkilot saytida To‘lqin Nabiyev 2019 yildan buyon agentlik direktori o‘rinbosari v.b. etib ko‘rsatilgan.
Alisher Erkinovich Miraliyev shu vaqtgacha agentlikda Mulkdor huquqlari va funksiyalarini ta’minlash departamenti boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Davaktiv agentligi direktori o‘rinbosari sifatida Mulkdor huquqlari va funksiyalarini ta’minlash departamenti, Davlat ishtirokidagi korxonalarni korporativ ko‘rsatkichlari tahlili departamenti hamda Davaktiv agentligi huzuridagi Bo‘sh turgan obektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Bekzod Shavkat o‘g‘li Usmonov Iqtisodiyot vazirligida va Milliy loyiha boshqaruvi agentligida ishlagan, 2018 yil avgustida Respublika fond birjasi etib tayinlangandi.
Davaktiv agentligi direktori o‘rinbosari sifatida Davlat aktivlarini xususiylashtirish departamenti, To‘lovga qobiliyatsizlik jarayonini yuritish departamenti, Davaktiv agentligi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi hamda Davaktiv agentligi huzuridagi Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Qaxramon Norbo‘ta o‘g‘li Hakimov Davaktiv agentligi direktori o‘rinbosari sifatida zamonaviy IT texnologiyalarini joriy etish departamenti, Inson resurslari va xodimlar salohiyatini rivojlantirish boshqarmasi, Ichki nazorat va komplayens xizmati bo‘limi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Mavzuga oid
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
18:32 / 28.10.2024