Ohangaronda Isuzu yuk mashinasi yo‘l chetiga ag‘darilib ketdi
Toshkent viloyati Ohangaron tumanida Isuzu yuk mashinasi yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha hodisada hech kim jiddiy jarohat olmagan.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 13 dekabr kuni soat 23:50 larda A-373 Toshkent–O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining Ohangaron tumani hududidan o‘tgan 32-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Farg‘ona vodiysi tomon harakatlanib ketayotgan Isuzu yuk mashinasi haydovchisi kutilmaganda boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda mashina yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.
Qayd etilishicha, hodisa sodir bo‘lgandan bir necha daqiqa o‘tib voqea joyiga FVV qutqaruvchilari va YHXB xodimlari yetib kelgan. So‘ng hamkorlikda YTH oqibatlarini bartaraf etgan.
Mavzuga oid
17:12 / 30.10.2024
Alimentdan qochib yurgan otani “ilintirgan” xodim – MIB operatsiyasi tafsilotlari
13:38 / 19.10.2024
Toshkent viloyatida qo‘ylarni urib yuborgan “Spark” yonib ketdi
09:28 / 22.09.2024
Toshkent viloyatida noqonuniy dori savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
16:23 / 29.07.2024