Toshkent viloyati ayrim tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi
Toshkent viloyatida «Yangiyer-Toshkent» magistral gaz quvurida gaz sizib chiqish holati aniqlangani sababli, magistral gaz quvurida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
«Hududgaz Toshkent» gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu gaz to‘xtatilishi (avariya) holati sababli 2021 yil 14 dekabr soat 18:00 dan 15 dekabr 7:00 gacha Toshkent viloyatidagi Olmaliq shahri, Ohangaron, Yangiyo‘l, Bo‘ka, Yuqori Chirchiq tumanlaridagi 36 454 ta aholi iste’molchilarida tabiiy gaz pasayishi va 8 776 ta aholi xonadonlarida tabiiy gaz ta’minoti to‘xtatildi.
Shu bilan bir qatorda, 41 ta AGTShK korxonalari, 8 ta g‘isht ishlab chiqarish zavodlari hamda ijtimoiy sohaga ega bo‘lmagan 241 ta tashkilot va korxonalar gaz tarmog‘idan vaqtincha to‘xtatildi.
«Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
«Hududgaz Toshkent» gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholimiz va gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
21:15
Toshkent viloyatida isitish mavsumi 8 noyabrdan boshlanadi
11:53 / 06.11.2024
Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
22:14 / 05.11.2024
Toshkent viloyatida IIVning o‘q otish poligoni quriladi
08:30 / 04.11.2024