O‘zbekiston | 18:24 / 15.12.2021
26614
2 daqiqa o‘qiladi

Xonlar uchun saqlangan qovunlar. “Manzil” – Andarxon

Farg‘onaning Andarxon qishlog‘idagi ko‘plab uylarda qovunxonalar bor. Qishloq ahli qovunlarni hatto may oyigacha saqlab keladi, bunda Qo‘qon shamolining ham o‘rni bor. Tomosha qiling, “Manzil” loyihasi bu gal Andarxon qovunlarini sizga ilindi.

Beshariq tumanida joylashgan Andarxon qishlog‘ida yashovchi aholi qadimdan qovun saqlash sirlarini o‘zlashtirib kelgan. Qishloqqa kelgan odamni hayratlantiradigan holat, har ikki uydan birida ajoyib tarzda qovunlar saqlanishidir.

Saqlash joylarida bo‘rikalla, qirqma, umrboqiy, kampirto‘n va bir necha navdagi qovunlar saqlanadi. Qishloq ahli asosan Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida dehqonchilik qiladi.

Shirindan shakar qovunlarni saqlashda qishloq hududining geografik joylashuvi ham katta ahamiyatga ega. Chunki hududda kun ora shamol esadi. Biz qishloqdaligimizda ham izg‘irin shamol esardi. Ayni shu shamol va o‘ziga xos saqlash joylari qovunlarni hatto may oyigacha saqlash uchun qulay sharoit bo‘lib xizmat qiladi.

“Manzil”larni kuzatib boring, pozitiv videolarni yaqinlaringizga ham ulashasiz, degan umiddamiz.

Tohirjon Tursunov,
Boymirza Xalilov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uchun maxsus.

Mavzuga oid