Olimlar barvaqt qarishga olib keluvchi omillarni aytishdi
Amerika kardiologlari uyushmasida televizorni me’yoridan ko‘p ko‘rish organizmning barvaqt qarishiga olib kelishi aytildi. Bu haqda Eat This, Not That! nashri ma’lum qildi.
Kardiologlarning ta’kidlashicha, televizorni haddan ko‘p ko‘ruvchi o‘rta yoshli odamlarda miyaning kulrang moddasi hajmi kichrayib boradi, bu esa keksa yoshda aqliy qobiliyatlar buzilishiga olib keladi.
Bundan tashqari, Kolumbiya universiteti qoshidagi Irving tibbiy markazi nevrologi Priya Paltaning aytishicha, televizorni xush ko‘ruvchilar kamharakat hayot tarzi olib borishadi, bu ham salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shuningdek, qarishni jadallashtiruvchi yana bir omil – uyqu rejimiga amal qilmaslik hisoblanadi. Agar kuniga 8 soatdan kam uxlansa, unda miyaning kognitiv funksiyalari sezilarli kamayadi. Bunda organizmga yetkaziladigan zarar 4-7 yil oldinroq qarishga teng.
Mavzuga oid
18:46 / 05.09.2023
Bolalar uchun mo‘ljallangan Kivi Kids TV televizori taqdim etildi
17:46 / 29.06.2023
O‘zbekistonda aholining qarish sur’ati tezlashishi mumkin
16:04 / 25.03.2023
Uzoqroq yashash va tez qarimaslik yo‘li – yoshlik eliksiri bormi?
22:37 / 20.01.2023