O‘zbekiston | 09:08 / 16.12.2021
1591
2 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda 27 mingdan ortiq fuqaroga ID-karta rasmiylashtirildi

Joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida Sirdaryo viloyatida doimiy yashovchi jami 49129 nafar O‘zbekiston fuqarosiga xorijga chiqish biometrik pasporti, 27 417 nafar fuqaroga o‘rnatilgan nusxadagi identifikatsiya ID-karta  rasmiylashtirildi. Bu haqda viloyat IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i Behzod Bozorboyev ma’lum qildi.

Sirdaryo viloyati bo‘yicha jami bo‘lib 2198 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston fuqaroligini tan olish bo‘yicha hujjat topshirgan bo‘lib, ularning 2106 nafari O‘zbekiston fuqarosi deb tan olindi. Viloyat hududida vaqtincha yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning 128 nafaridan doimiy yashashga qolishi uchun hujjat qabul qilindi.

Shuningdek, 151 nafar xorijiy fuqaro va 163 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxs respublika hududida doimiy ro‘yxatdan o‘tish uchun topshirgan hujjatlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi IIV M va FRBBdan ruxsat kelgan bo‘lib, ularga ID-karta rasmiylashtirib berildi.

Viloyat hududida jami 111 nafar xorijiy fuqaro respublika hududida bo‘lish qoidasini buzgani aniqlanib, ularga nisbatan MJtKning 225-moddasiga (O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzish) asosan ma’muriy chora ko‘rilgan. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning 1269 nafarining viza muddatlari uzaytirildi.

Mavzuga oid