O‘zbekiston | 11:08 / 18.12.2021
6674
1 daqiqa o‘qiladi
Islom sivilizatsiyasi markazini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi
Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, quyidagilar jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
- xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik ko‘mak mablag‘lari va grantlari;
- homiylik xayriyalari;
- prezident yoki hukumat qarorlariga muvofiq ajratiladigan davlat budjeti mablag‘lari;
- taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Mablag‘lar quyidagilar uchun sarflanadi:
- ilmiy adabiyotlarni yaratish, chop etish, noyob asarlar sotib olish orqali markaz kitob fondini kengaytirish;
- ilmiy tadqiqotlarga ko‘maklashish, tadqiqot uchun grant ajratish;
- ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy va ma’rifiy tadbirlar tashkil qilish;
- kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, konferensiya, seminarlar o‘tkazish;
- multimedia va tarmoq qurilmalari hamda dasturiy ta’minotlarni xarid qilish.
Mavzuga oid
08:40 / 18.09.2024
Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi vazifalari aniqlashtirildi
07:53 / 06.08.2024
Adenauer jamg‘armasi Rossiyada «nomaqbul» deb tan olindi
09:52 / 19.07.2024
Rossiyada Karnegi jamg‘armasi «nomaqbul tashkilot» deb tan olindi
08:42 / 20.06.2024