Iqtisodiyot | 18:10 / 20.12.2021
14799
1 daqiqa o‘qiladi
Davosdagi Jahon iqtisodiy forumi koronavirus sababli boshqa muddatga ko‘chirildi
Tadbir kelasi yil yanvarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi, endilikda u 2022 yil yozida o‘tkazilishi mo‘ljallanmoqda.
Davos Jahon iqtisodiy forumi koronavirusning «omikron» shtammi tarqalishi sababli boshqa muddatga ko‘chirildi.
Tadbir kelasi yil yanvarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi, endilikda u 2022 yil yozida o‘tkazilishi mo‘ljallanmoqda.
«Pandemiyaning hozirgi sharoiti global uchrashuv o‘tkazilishini qiyinlashtirmoqda», — deyiladi forum saytida.
Forumning aniq o‘tkazilish muddati hozircha aytilmagan.
Davosdagi Jahon iqtisodiy forumi ketma-ket ikkinchi yil boshqa muddatga ko‘chirilmoqda. 2020 yilda yubiley 50-forum 21-24 yanvar kunlari o‘tkazilgandi.
Mavzuga oid
10:20 / 12.09.2024
Markaziy Osiyo davlatlarining ikkinchi parlamentlararo forumi boshlandi
12:50 / 15.08.2024
Rossiyadagi «Armiya-2024» forumida 80 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etdi
12:19 / 13.06.2024
Shavkat Mirziyoyev inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi
14:46 / 11.06.2024