Jahon | 10:17 / 21.12.2021
9943
1 daqiqa o‘qiladi

Yapon olimlari qarilikka qarshi vaksina ishlab chiqishdi

Yapon olimlari qarishni sekinlashtiruvchi vaksina ishlab chiqishdi. Bu haqda Nature Aging nashri xabar berdi.

Foto: Getty Images

Vaksina aminokislotalar va “jonli” oqsil negizida ishlab chiqilgan. Vaksinaning asosini peptid tashkil qilib, u yosh o‘tgan sari qayta ishlab chiqarilmaydigan va inson organizmida to‘planib boradigan eski hujayralarni (zombi-hujayralar) parchalay oladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, vaksina tomirlarda muammolar, qand kasalligi, semirish yoki yosh bilan bog‘liq muammolarga ega odamlarga yordam berishi mumkin.

Vosita sichqonlarda sinovdan o‘tkazilgan. Sinovlar vaqtida kemiruvchilardagi zombi-hujayralar soni qon tomirlari devorlarining qattiqligi kamaygani hisobiga qisqargan.

Avvalroq Yaponiyaning Kobe universiteti olimlari B2 vitamini hujayralar qarishi oldini olishi mumkinligini ma’lum qilishgan.

Mavzuga oid