Farhod Ermanov: «Urganch shahrining kanalizatsiya tizimi talabga umuman javob bermaydi»
Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov Urganch shahrining ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.
«Urganch shahrining kanalizatsiya tizimi foydalanishga umuman yaroqsiz. Uni yaxshilashga 2008 yildan beri harakat qilinmoqda. 2021 yilga kelib bu ishlarni biroz jonlantirdik.
Mana Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) loyihasi bo‘yicha smeta ishlab chiqilmoqda. Loyiha ishlari boshlangan, YeTTB tomonidan moliyalashtirish 2022 yilda ochiladi. Loyihani ishlash juda uzoq davom etadigan jarayon, ammo harakati boshlandi. Agar moliyalashtirish amalga oshirilsa, 2022 yil 3-4-choragida qurilish ishlarini boshlash mumkin. Hozircha kanalizatsiya tizimi holati sanitariya va ekologiya nuqtai nazaridan qoniqarsiz.
Ichimlik suvi tarmog‘ini yaxshilashga 10 milliard so‘m pul sarflayapmiz. Afsuski, pandemiya sababli 2 yildan beri shu mablag‘ni ishlata olmadik. Chunki (Tuyamo‘yin suv omboriga) kirish-chiqish imkoniyati cheklangan.
300 ming kub.m. hajmli 2 ta vodootstoynik (suv tindirgich) bor. Ularni tozalash va ta’mirlash kerak. Agar rejadagi ishlarni bajarsak, Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumani ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi. Bu ishlar nazoratga olingan. Ammo ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq hozirgi vaziyat talabga javob bermaydi», - deb viloyat hokimi so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
11:17 / 02.10.2024
Xorazmda sodir bo‘lgan yong‘inda fuqaroning uyi yonib ketdi
10:31 / 22.05.2024
Urganch shahrining nohaq sudlangan sobiq prokurori oqlandi va 10 yil deganda ishga tiklandi
19:13 / 22.04.2024
Xorazmda 38 yoshli ayol qotillikka qo‘l urdi
15:50 / 19.03.2024