O‘zbekiston | 09:34 / 22.12.2021
12210
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqand viloyati prokurori o‘rinbosari Bulung‘ur tumaniga hokim bo‘ldi

Bulung‘ur tumanida xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: Samarqand viloyati hokimligi

Samarqand viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

Bulung‘ur tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Bahodir Bahromov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

Sessiyada deputatlar tomonidan Samandar Ostonov nomzodi Bulung‘ur tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Samandar Ostonov mazkur tayinlovga qadar Samarqand viloyati prokurori o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Avvalroq, Buxoro viloyati Romitan tumani hokimi o‘zgargani xabar qilingandi.

Mavzuga oid