Xitoyda bir kishida koronavirus aniqlangani bois butun shahar karantinga olindi
Ikki yuz ming kishi istiqomat qiladigan shaharda jamoat transporti harakati to‘xtatilgan, jamoat joylari va maktablar yopilgan.
Xitoyning Dunsin shahri aholisi bir kishida koronavirus aniqlanganidan so‘ng karantinga olindi, deb xabar bermoqda Asia One nashri.
Xabarga ko‘ra, 200 ming kishi istiqomat qiladigan shaharda jamoat transporti harakati to‘xtatilgan, jamoat joylari va maktablar yopilgan.
Aholi karantinga o‘tkazilgan, bundan tashqari, har bir fuqaro koronavirusga test topshirishi majburiy etib belgilangan.
Shuningdek, Vetnam bilan chegarada joylashgan shaharda chegara punktlari faoliyati to‘xtatilgan.
Hozirda mahalliy hokimiyat kasallik manbasini va bemor kimlar bilan muloqotda bo‘lganini aniqlash bilan shug‘ullanmoqda.
Mavzuga oid
20:08 / 10.11.2024
Xitoyga tegishli marsoxod Marsda qadimiy okean izlarini topdi
17:55 / 10.11.2024
Xitoy Filippinning dengiz zonalariga oid qonuniga javoban patrullikni kuchaytiradi
15:18 / 10.11.2024
«Qarz qopqoni»: Xitoy tasarrufiga o‘tgan Shri Lanka porti
08:08 / 09.11.2024