Eron Isroilni ogohlantirish sifatida ballistik raketalar sinovini o‘tkazdi
Eron armiyasi 5 kunlik mashg‘ulotlar so‘ngida bir nechta ballistik raketa uchirdi. Armiya bosh qo‘mondoni Muhammad Bokiriyning ta’kidlashicha, ushbu sinovlar Isroilga ogohlantirish hisoblanadi. U Tehron “Eronga hujum qilishga jazm qiladigan mamlakatni yo‘q qilish” uchun yuzlab raketalarga egaligini qo‘shimcha qilgan.
Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi boshlig‘i Husayn Salomiy ham Eronda o‘tgan harbiy mashg‘ulotlar “Isroil vakillariga jiddiy ogohlantirish” ekanini aytgan. “Agar ular kichik xatoga yo‘l qo‘yishsa ham, biz ularning qo‘lini chopib tashlaymiz”, deb aytgan Salomiy.
Eronda “Buyuk payg‘ambar” deb nomlangan harbiy mashg‘ulotlar 20 dekabrda Fors ko‘rfaziga chiqishga ega uchta viloyat – Busher, Hurmozgon va Huzistonda boshlangandi. Mashg‘ulotlar Venada Tehron va Vashington o‘rtasida yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralar o‘tayotgan vaqtda o‘tkazilgan.
Britaniya hukumati Eronning ballistik raketalar sinovini keskin qoralagan. Britaniya tashqi ishlar vazirligi bayonotida ballistik raketalar mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka tahdid ekani, ularning qo‘llanishi esa BMTning Eronga yadroviy jangovar kallaklarni tashiy oladigan ballistik raketalar bilan bog‘liq har qanday harakatlarni taqiqlovchi rezolyutsiyaning buzilishi hisoblanishi aytilgan.
Mavzuga oid
18:53 / 06.11.2024
AQSh qit’alararo ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
14:15 / 06.11.2024
Eron: Agar Isroil sulhga rozi bo‘lsa, Tehronning javobi o‘zgarishi mumkin
19:40 / 05.11.2024
Eron ikkita sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi
08:50 / 05.11.2024