O‘zbekiston | 14:40 / 27.12.2021
6083
2 daqiqa o‘qiladi

Sherobodda o‘tkazilgan forum tuman yoshlarini ma’nan va jismonan sinovdan o‘tkazdi

Sherobod tumanida “O‘zbekiston yoshlar forumi-2021” doirasida bir qator tadbirlar o‘tkazildi.

Forumda sektor rahbarlarining kubogi sport musobaqalari tashkil etildi.

Foto: Sherobod tumani hokimligi

Xususan, tumanning Cho‘yinchi mahallasida joylashgan yangi sport majmuasida futbol, voleybol (o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida), arqon tortish, tosh ko‘tarish kabi sport turlari bo‘yicha 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etdi.

Foto: Sherobod tumani hokimligi
Foto: Sherobod tumani hokimligi

8-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi qoshida tashkil qilingan “Nihol” dutorchi qizlar jamoasining chiqishlari hamda madaniyat bo‘limi xonandalari o‘zlarining quvnoq kuy-qo‘shiqlari bilan qatnashdilar. Tadbirlarga 1,5 mingga yaqin yoshlar qamrab olindi.

Foto: Sherobod tumani hokimligi

Tumandagi 48ta mahalla fuqarolar yig‘inidan qatnashgan yosh o‘g‘il-qizlar, shuningdek, terma jamoalar sport turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Foto: Sherobod tumani hokimligi
Foto: Sherobod tumani hokimligi
Foto: Sherobod tumani hokimligi

Sportning futbol turi bo‘yicha G‘ambur mahallasi, voleybol bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida Qorabog‘ mahallasi, qizlar o‘rtasida Boyqishloq mahallasi, tosh ko‘tarish bo‘yicha Chuqurko‘l mahallasi hamda arqon tortish musobaqasida Bahor mahallasining yoshlari birinchi o‘rinni egalladilar.

Foto: Sherobod tumani hokimligi

Forum davomida katta uloq-ko‘pkari ham o‘tkazildi. 

Foto: Sherobod tumani hokimligi
Foto: Sherobod tumani hokimligi

Sport musobaqalarida ishtirok etgan g‘olib va sovrindor jamoalarga pul mukofotlari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Sherobod tumani hokimligi axborot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid