Telegram ishida uzilishlar kuzatildi
Foydalanuvchilarning 44 foizi ilova ishida muammolar paydo bo‘lgani, 38 foizi xabar jo‘natib bo‘lmayotgani va 18 foizi serverga ulanishning imkoni yo‘qligini bildirgan.
Telegram foydalanuvchilari messenjer ishidagi uzilishlardan shikoyat qildi. Bu haqda Downdetector saytida ma’lum qilindi.
Uzilishlar Toshkent vaqti bilan soat 22:05 dan so‘ng boshlandi. Foydalanuvchilarning 44 foizi ilova ishida muammolar paydo bo‘lgani, 38 foizi xabar jo‘natib bo‘lmayotgani va 18 foizi serverga ulanishning imkoni yo‘qligini bildirgan.
Messenjer faoliyatidagi uzilishlar haqida Rossiya, Ukraina, O‘zbekistondagi foydalanuvchilar ma’lum qilgan.
Shuningdek, Belarus va Polshada ham messenjer ishida nosozliklar kuzatilgani aytilmoqda.
Telegram qo‘llab-quvvatlash markazi vakili Davronbek Rustamov jamoa mazkur kamchiliklarni bartaraf etish ustida ishlayotganini bildirib, foydalanuvchilarga @TeleUz proksisidan foydalanib turishni tavsiya qilgan.
Mavzuga oid
18:35 / 23.09.2024
Jinoyatchilarning Telegram raqamlari va IP-manzillari oshkor etiladi – Durov
20:17 / 21.09.2024
Telegram turli mamlakatlarning huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qila boshladi
10:02 / 19.09.2024
Telegram’dan soxta havola jo‘natib o‘zganing pullarini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
23:29 / 18.09.2024