Jahon | 20:25 / 28.12.2021
7477
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng yosh respublika navbatdan tashqari saylovlar e’lon qildi 

Foto: Reuters

Britaniya qirolichasi Yelizaveta II boshqaruvidan chiqqan Barbadosda umumiy saylovlar e’lon qilindi. Noyabr oxirida Karib dengizidagi orol-davlat respublikaga aylangandi.

Barbados bosh vaziri Mia Mottli saylovlar o‘tkazilishini 2022 yil 19 yanvarga belgilagan. Britaniyaning sobiq mustamlakasi bo‘lgan orol-davlatda oktyabrda Sandra Meyson uning birinchi prezidenti etib saylangandi va 30 noyabrda respublika rahbari sifatida qasamyod keltirgandi.

Barbadosda navbatdagi saylovlar 2023 yildan keyin o‘tkazilishi kerak edi. 

Barbados 1966 yilda Londondan to‘liq siyosiy mustaqillikka ega bo‘lgan, ammo konstitutsion monarxiya shaklida qolgan va shu bois Britaniya qirolichasi davlat rahbari hisoblanib kelgan.

Mavzuga oid