Samarqandda Nexia mashinasi kanalga tushib ketdi
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida kanalga tushib ketgan Nexia FVB xodimlari tomonidan maxsus texnika yordamida olib chiqilgan.
Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilinishicha, hodisa bugun, 30 dekabr kuni Oqdaryo tumani Miyonkol mahallasida sodir bo‘lgan. Nexia mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, mahalla ichidan oqib o‘tgan suv kanaliga tushib ketgan.
Voqea joyiga zudlik bilan tuman FVB qutqaruvchilari va Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari yetib kelgan. Yarim soat davomida qutqaruvchilar maxsus texnika yordamida mashinani kanaldan olib chiqishgan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan va halok bo‘lmagan.
Mavzuga oid
09:54 / 20.09.2024
Samarqandda qizlarni O‘mon davlatiga fohishalikka jo‘natgan ayollarga sud hukmi o‘qildi
12:16 / 14.09.2024
Samarqandda OIIB boshqaruvchilar kengashi yillik yig‘ilishi o‘tkaziladi
17:12 / 13.09.2024
Samarqandda maktabda qarta o‘ynagan direktor ishdan olindi
22:29 / 12.09.2024