Jahon | 15:26 / 01.01.2022
17141
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Marsda olingan yangi fotosuratlarni e’lon qildi

Suratlarda zond va Marsning umumiy tasviri, «Tyanven-1» qurilmasi, sayyoraning shimoliy qutb qalpog‘i va Mars yuzasini suratga olayotgan «Chjurong» marsoxodi aks etgan. 

Foto: CNSA

Xitoy «Tyanven-1» zondi Marsda olgan yangi fotosuratlarni e’lon qildi.

Suratlarda zond va Marsning umumiy tasviri, «Tyanven-1» qurilmasi, sayyoraning shimoliy qutb qalpog‘i va Mars yuzasini suratga olayotgan «Chjurong» marsoxodi aks etgan. 

Foto: CNSA
Foto: CNSA
Foto: CNSA

Qayd etilishicha, zond va marsoxod me’yordagidek faoliyat olib bormoqda.

«Tyanven-1» zondi 527 kundan beri ishlamoqda, u Yerdan 350 mln km masofada joylashgan.

Marsoxod o‘tgan vaqt davomida 1400 metr masofani bosib o‘tdi. Ikki qurilma Marsga oid jami 560 Gb ma’lumot to‘pladi.

«Tyanven-1» 2020 yil 23 iyulda Marsga jo‘natilgandi. Zond yetti oydan so‘ng — 2021 yil 10 fevralda sayyoraga yetib borgan.

Mavzuga oid