O‘zbekiston | 12:00 / 02.01.2022
32640
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Carrefour O‘zbekistonda o‘zining 5-do‘konini ishga tushirdi

Carrefour Samarqand viloyati “Family Park Mall” savdo markazida 20000 dan ortiq oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlariga ega yangi do‘kon ochdi.

Foto: “Carrefour Uzbekistan”

O‘zbekistonda Carrefour kompaniyasi egasi va boshqaruvchisi Majid Al Futtaim o‘zining davom etayotgan kengaytirish dasturi doirasida 29 dekabr kuni Samarqanddagi “Family Park Mall” savdo markazida yangi do‘konni ishga tushirdi.

Bu Samarqanddagi 1-Carrefour supermarket va butun mamlakat bo‘ylab 5-do‘konga aylandi.

Mashhur “Family Park Mall” savdo va ko‘ngilochar markazida joylashgan mazkur do‘kon 2200 kvadrat metr savdo maydoniga ega bo‘lib, xalqaro va mahalliy brendlarning 20000 dan ortiq yuqori sifatli mahsulotlari bilan har bir xaridorga har kuni ajoyib lahzalarni yaratish maqsadida mukammal qiymat, ajoyib takliflar, aksiyalarning kombinatsiyasi orqali keng va foydali tanlovni taklif etadi.

Carrefour har doim mijozlar qiziqishlari va ehtiyojlarini inobatga olgan holda mahsulotlarning keng assortimenti bilan bir qatorda, u faoliyat yuritadigan hududda eng arzon narxlarni taklif qiluvchi supermarket bo‘lishga intiladi. Carrefour supermarketi yangi uzilgan meva va sabzavotlar, do‘konning o‘zida tandirdan endigina uzilgan issiqqina non, go‘sht va baliq mahsulotlari bilan yangi, yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga ega. Carrefour kundalik va doimiy xaridlar uchun qulay joy bo‘lib, bu uning mintaqadagi boshqa supermarketlardan farqli jihati hisoblanadi. Aynan bu yerda siz o‘zingiz va oilangiz uchun kerak bo‘lgan barcha zarur tovarlarni topishingiz mumkin.

Foto: “Carrefour Uzbekistan”

Yangi filialda mijozlar nafaqat ajoyib narxlarni, balki 40% gacha chegirmalarni kashf etadilar, shuningdek 1 yanvardan 1 martga qadar unutilmas sovrinlarni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Xaridorlar, shuningdek, qo‘shimcha MyClub ballarini olish, foydali sovg‘alarni qo‘lga kiritish va turli aksiyalardan to‘liq foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

“Carrefour Uzbekistan”, Majid Al Futtaim kompaniyasining mamlakatimizdagi menejyeri Devid Zamanya shunday dedi:

– 2020 yil dekabr oyida biz O‘zbekistonda birinchi Carrefour supermarketini ishga tushirdik va bugun Samarqand viloyatida yana bir do‘kon ochishni faxr bilan nishonlamoqdamiz. Ushbu kengayish mintaqada keng qamrovli do‘kon tarmog‘ini yaratishga bo‘lgan ishonchimiz bilan bog‘liq bo‘lib, butun dunyodagi jamoalarimiz bizning zamonaviy chakana xizmatlarimizdan qulay foydalanish imkoniyatiga ega. Ikkinchidan, biz mahalliy iste’dodli yoshlarga malaka oshirish va ishga joylashish imkoniyatini beramiz va shu orqali mahalliy iqtisodiyotning asosiy ishtirokchiga aylanish niyatidamiz. Biz Samarqandda yangi tarmog‘imiz ochilayotganidan xursandmiz, chunki biz butun mamlakat bo‘ylab kengayishni davom ettiramiz.

Foto: “Carrefour Uzbekistan”

Carrefour mahalliy hamjamiyatni qo‘llab-quvvatlash va mahalliy iqtisodiyotning o‘sishiga hissa qo‘shishga qaratilgan sa’y-harakatlarini davom ettirar ekan, Carrefour do‘konining ochilishi munosabati bilan xodimlar soni yana 100 nafardan oshdi. Bundan tashqari, mahalliy yetkazib beruvchilar, fermerlar va ishlab chiqaruvchilar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratiladi, bu esa Carrefour missiyasining mahalliy sanoat va jamoalarning farovonligini qo‘llab-quvvatlashda ko‘proq hissa qo‘shayotganidan darak beradi.

Bu do‘kondan tashqari, Carrefour 31 dekabr kuni soat 11.00da Toshkentda yana bir yangi gipermarketni ishga tushirishdi. Do‘kon eng yirik savdo-ko‘ngilochar markazilaridan biri “Samarqand Darvoza”da joylashgan.

Sayt: carrefouruzbekistan.com

Facebook: fb.com/carrefouruzbekistan

Instagram: @carrefouruzbekistan

Telegram: t.me/carrefouruzbekistan

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid