O‘zbekiston | 09:25 / 13.01.2022
2057
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda “opiy” giyohvandlik moddasini olib ketayotgan 65 yoshli shaxs ushlandi

Foto: IIB axborot xizmati

Samarqand viloyati Urgut tumanida “opiy” giyohvandlik moddasini olib ketayotgan 65 yoshli shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 11 yanvar kuni DXX Samarqand viloyat boshqarmasi va viloyat IIB JQB xodimlari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi kurashish yo‘nalishida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida Urgut tumanida yashovchi 65 yoshli X.A., yaqin qarindoshi 1990 yilda tug‘ilgan X.U. yordamida, uning boshqaruvidagi Lacetti mashinasida 497,51 gramm “opiy” giyohvandlik vositasini olib ketayotgan vaqtda to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirilgan va ashyoviy dalillar olib qo‘yilgan.

Dastlabki surishtiruvda, ushbu giyohvandlik vositasi Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilgani, shuningdek, X.A. ilgari ham Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan sudlangani aniqlangan.

Qayd etilishicha, ushbu holat yuzasidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246- va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid