Jahon | 22:35 / 15.01.2022
18691
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya sohillariga sunami yopirildi

Tsunami to‘lqinlari ogohlantirish e’lon qilinganidan bir necha daqiqa o‘tib Yaponiya sohillariga kelib urilgan.

Foto: AP

Tonga davlatida vulqon otilishi natijasida yuzaga kelgan sunami Yaponiya sohillariga yetib keldi, deb xabar berdi Japan Times.

Avvalroq Yaponiya meteorologiya boshqarmasi mamlakatda balandligi uch metrga teng sunami xavfi haqida e’lon qilgandi.

Nashrning yozishicha, sunami to‘lqinlari ogohlantirish e’lon qilinganidan bir necha daqiqa o‘tib Yaponiya sohillariga yopirilgan.

"Tsunami to‘lqinlari Toxokudan Okinavagacha bo‘lgan sohil bo‘ylab urilgani tasdiqlandi", - deyiladi gazeta xabarida.

15 yanvar kuni Tinch okeanida joylashgan Tonga davlatida Xunga-Xaapay vulqoni “uyg‘ondi”. Tonga, Samoa va AQShning g‘arbiy sohillarida joylashgan shtatlarda sunami xavfi e’lon qilindi.

Mavzuga oid