«Malika» savdo majmuasi va «Poytaxt» biznes markazi sotildi
«Malika» savdo majmuasi - 125 mlrd so‘mga, «Poytaxt» biznes markazi - 164 mlrd so‘mga, «Bildirsoy» oromgohi (Kanat yo‘li bilan birga) - 107 mlrd so‘mga sotilgan.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bir qator aktivlarining xususiylashtirilgani haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, davlat tender komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq quyidagi davlat ko‘chmas mulk obektlarining ommaviy savdo jarayonlari g‘oliblari belgilandi:
“Poytaxt biznes majmuasi” MChJ mulkiy majmuasi bo‘yicha savdolarda “Quadro IH DMCC” (BAA) kompaniyasi 164 mlrd so‘m xarid qiymatini biryo‘la to‘lash hamda ta’mirlash-tiklash ishlari uchun 6 mln dollaridan kam bo‘lmagan miqdorda investitsiya kiritish sharti bilan;
“Malika” savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi bo‘yicha savdolarda “Premium Prime Service” MChJ 125 mlrd so‘m xarid qiymatini biryo‘la to‘lash hamda ta’mirlash-tiklash ishlari uchun 100 mlrd so‘m miqdorida investitsiya kiritish va 250ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan;
“Bildirsoy oromgohi” dam olish maskani (Kanat yo‘li bilan birga) bo‘yicha savdolarda “Ulkan Mulk” MChJ 107 mlrd so‘m xarid qiymatini biryo‘la to‘lash sharti bilan savdo g‘olibi deb topilgan.
Shuningdek, daraxt va butalarning kesilishiga joriy etilgan moratoriy talablariga rioya qilinishi alohida belgilab qo‘yilgan.
Mavzuga oid
20:00 / 04.07.2024
2023 yilda “O‘zbekneftgaz”ning sof foydasi 4,5 barobardan ko‘proqqa qisqardi
20:38 / 04.06.2024
Kafolatlanmagan korporativ qarzlarni qaytarish O‘zbekiston hukumatining zimmasiga tushib qolishi xavfi bor - S&P
18:14 / 30.04.2024
Anor yetishtirishdan bo‘yoq ishlab chiqarishgacha – davlat tashkilotlarining nosohaviy aktivlari
18:19 / 18.09.2021