O‘zbekiston | 14:54 / 19.01.2022
2328
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda “moyka”ga berib ketilgan Nexia olib qochildi

Foto: Tergov departamenti

Buxoro shahrida yuvish uchun avtomobil yuvish shoxobchasiga qoldirib ketilgan Nexia mashinasi olib qochilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, holat 15 yanvar kuni sodir etilgan. 31 yoshli A.A. o‘ziga tegishli bo‘lgan Nexia mashinasini yuvdirish maqsadida shaharning Sheyxon ko‘chasida joylashgan shoxobchaga kelib, oldindan tanish bo‘lgan ishchi, 18 yoshli Z.O.ga qoldirib ketgan. Yarim soatlardan so‘ng mashinasini olib ketmoqchi bo‘lib egasi kelganida, Z.O. uni boshqarib ketib qolganligi aniqlangan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida, olib qochilgan mashina Shofirkon tumani hududidan topilgan. Tergov jarayonida aniqlanishicha, Z.O. mast holatda transport vositasini olib qochib, Shofirkon tumani hududiga yetib kelganida yonilg‘isi tugaganligi sababli qoldirib ketishga majbur bo‘lgan.

Holat yuzasidan Z.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qoidabuzar protsessual tartibda ushlangan.

Oldinroq G‘ijduvon tumanida 31 yoshli kuyov mast holda qaynotasiga tegishli mashinani olib qochgandi.

Mavzuga oid