O‘tgan yili 2,8 ming mansabdor shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
2021 yil davomida respublikada jami 2 345 ta jinoyat ishi bo‘yicha 2 804 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Qayd etilishicha, jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 16 nafari respublika, 241 nafari viloyat va 2 547 nafari tuman (shahar) miqyosidagi vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritgan.
Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 1 741 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, 269 nafari firibgarlik, 153 nafari pora olish, 168 nafari mansab mavqeyini suiiste’mol qilish, 42 nafari mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, 41 nafari mansab soxtakorligi, 12 nafari pora berish va 378 nafari boshqa jinoyatlarni sodir etgan.
Mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 913,7 mlrd so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan bo‘lib, tergov jarayonida ushbu zararning 714,8 mlrd so‘mi undirilgan.
Mavzuga oid
07:37 / 08.11.2024
202,9 mlrd so‘mlik ijro ishlarini asossiz ravishda tugatgan MIB mansabdorlari aniqlandi
11:24 / 06.11.2024
IJQKDning iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi vakolatlari aniqlashtiriladi
11:12 / 29.10.2024
8 yilgacha qamoq jazosi – Jinoyat kodeksiga «lixoradchik»lar uchun alohida modda kiritildi
21:29 / 27.09.2024