O‘zbekiston | 20:28 / 25.01.2022
6506
1 daqiqa o‘qiladi

Qamchiq dovonidagi avtoyo‘l tunnellarida yoritish tizimlari tiklandi

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Elektr energiyasi tarmoqlarida ro‘y bergan uzilishlar sabab Qamchiq dovonidagi tunnellarning yoritish tizimlari o‘chib qoldi.

FVV xabarida qayd etilishicha, Rezak va Qamchiq avtoyo‘l tunnellarida yoritish tizimlari o‘chib qolgan.

FVV «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda tunnellarda yoritish ishlarini tashkillashtirgan. Natijada 2300 dan ortiq yengil va yuk avtomobillarining xavfsiz harakati ta’minlangan. Hozirda Qamchiq dovoni yo‘lida elektr energiya ta’minoti tiklangan.

Mavzuga oid