O‘zbekiston | 11:14 / 26.01.2022
2039
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda Damas yonib ketdi

Foto: YHXX

Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida dvigatel qismida qisqa tutashuv sabab Damas yonib ketdi. Bu haqda YHXX boshqarmasi xabar bermoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 2022 yil 26 yanvar kuni soat 09:20 larda Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumani hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 450-kilometrida haydovchi, 1974 yilda tug‘ilgan A.M. "Damas" rusumli avtomobilda harakatlanayotgan vaqtida, transport vositasining dvigatel qismida qisqa tutashuv sodir bo‘lib, haydovchi avtomobilni zudlik bilan to‘xtatgan. Qisqa tutashuv ortidan yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan tuman FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Mavzuga oid