Samarqand shahrida loyqa yomg‘ir yog‘moqda
Samarqand shahrida ayni damda loyqa yomg‘ir yog‘yapti. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Samarqand shahrida tushdan keyin boshlangan yomg‘ir loyqa aralash yog‘a boshlagan. Ko‘chada soyabonsiz yurgan odamlarning kiyimi bir zumda loy bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, ochiq havoda turgan mashinalarning usti loy bilan qoplanib qolgan.
Eslatib o‘tamiz, «O‘zgidromet» 28-29 yanvar kunlari O‘zbekistonning aksar hududlarida shamolning tezligi 25-28 m/s gacha yetishi va hududlarda chang bo‘ronlari bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantirish bilan chiqqandi.
Ayni damda Qashqadaryoda ham kuchli shamol kuzatilyapti. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar berishicha, Qarshi shahridagi bozor tomini shamol uchirgan.
Mavzuga oid
19:33 / 24.09.2024
Xalqaro miqyosdagi ko‘zbo‘yamachilik: Samarqandda qurib yotgan uchta bog‘
12:50 / 24.09.2024
OIIB Samarqandda o‘tadigan yillik yig‘ilishi dasturini e’lon qildi
09:54 / 20.09.2024
Samarqandda qizlarni O‘mon davlatiga fohishalikka jo‘natgan ayollarga sud hukmi o‘qildi
12:16 / 14.09.2024