Avtomobilda sayohat qilish uchun eng yaxshi mamlakatlar nomi aytildi
Mutaxassislar qator mamlakatlarni yo‘l harakati xavfsizligi va sifati, mashinani ijaraga olish va yonilg‘i narxi kabi omillar bo‘yicha o‘rganib chiqishdi. Reytingda AQSh birinchi o‘rinni egalladi.
Zutobi onlayn-platformasi AQSh, Italiya va Ispaniyani avtomobilda sayohat qilish uchun eng yaxshi mamlakatlar deb e’lon qildi.
Mutaxassislar qator mamlakatlarni yo‘l harakati xavfsizligi va sifati, mashinani ijaraga olish va yonilg‘i narxi kabi omillar bo‘yicha o‘rganib chiqishdi.
Reytingda AQSh 7,17 ball bilan birinchi o‘rinni egalladi.
Ikkinchi o‘ringa 6,38 ball bilan Italiya joylashdi. Mamlakat yo‘llar sifati va xavfsizligi hamda avtomobilni ijaraga olish narxining pastligi uchun yuqori baho oldi.
Ispaniya uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi (6,34 ball). Mamlakatda tirbandlik darajasi past (14,4 foiz), avtomobillar ijarasi arzon (kuniga 27 dollar) va yo‘llardagi xavfsizlik darajasi yuqori (YTHlar oqibatidagi o‘limlar soni 100 ming kishiga yetdi, 3,9ta).
Reytingda shuningdek, Portugaliya, Sloveniya, Buyuk Britaniya, Shveytsariya, Fransiya, Turkiya va Daniya yuqori o‘rinlarni oldi.
Mavzuga oid
15:05 / 02.09.2024
Namangandagi Nanay qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi
23:17 / 08.08.2024
Dunyoning eng qimmat shaharlari e’lon qilindi
23:03 / 18.07.2024
2024 yilda sayyohlar uchun eng xavfli 10 ta shahar e’lon qilindi
11:59 / 07.03.2024