O‘zbekiston | 19:14 / 04.02.2022
12949
1 daqiqa o‘qiladi

Hisor qo‘riqxonasidagi fotoqopqon Sibir tog‘ echkisi va kakliklarni tasvirga oldi

Qashqadaryo viloyatida joylashgan Hisor davlat qo‘riqxonasidagi fotoqopqon Sibir tog‘ echkilari va kakliklarni tasvirga olgan. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Sibir tog‘ echkisi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan bo‘lib, u asosan chiqish qiyin bo‘lgan baland tog‘larda yashaydi. Ular o‘rtacha 15-17 yil yashaydi. Yilda 1-2 marta bolalaydi. Vazni 35 dan 150 kilogrammgacha yetadi.

«Hisor davlat qo‘riqxonasining Tanxozdaryo bo‘limi davlat nazoratchisi Berdaliyev Jamshid tomonidan qo‘yilgan fotoqopqon kamera obektiga Sibir tog‘ echkisi (kiyik) va kaklik muhrlandi», deyiladi xabarda.

Avvalroq Hisor davlat qo‘riqxonasida fotoqopqon ikki bosh qor qoplonini ham tasvirga tushirgandi.

Mavzuga oid