Buxoroda noqonuniy olib o‘tilayotgan 1,5 tonna silikon moyi to‘xtatib qolindi
“Xo‘jadavlat” temiryo‘l chegara bojxona postida qo‘shni davlatdan kirib kelgan yuk poyezdi vagonlari bojxona nazoratidan o‘tkazilganda 1 mlrd 143 mln so‘mlik silikon moyi noqonuniy olib o‘tilayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, tekshiruv davomida vagonlarda olib kelinayotgan yuklar orasida yuk-kuzatuv hujjatlarida umuman ko‘rsatilmagan 1,5 tonna miqdordagi 1 mlrd 143 mln so‘mlik silikon moyi borligi aniqlangan.
Shuningdek, “Olot” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan xorijiy davlatdan kirib kelgan yuk mashinasi bojxona nazoratidan o‘tkazilganda poyabzalga sepish uchun foydalaniladigan sprey tovarlari hujjatlarda ko‘rsatilganidan 1,7 tonnaga ko‘pligi, ularning qiymati 217 mln so‘mni tashkil qilishi ma’lum bo‘lgan. Mazkur postda aniqlangan yana bir holatda esa qo‘shni davlatdan kirib kelgan yuk mashinasida hujjatlarda ko‘rsatilmagan 90 mln so‘mlik 36 ming dona bolalar hamyoni borligi aniqlangan.
Mavzuga oid
12:21 / 11.10.2024
DXX Afg‘oniston, Tojikiston va Qirg‘izistondan keltirilgan narkotik moddalarni musodara qildi
18:18 / 08.10.2024
Turkiyada tanasiga oltin yashirib o‘tmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi
22:04 / 16.09.2024
Qirg‘izistondan O‘zbekistonga ot uyurini noqonuniy haydab o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi
16:00 / 30.08.2024