Nurdinjon Ismoilov Qozog‘iston prezidenti bilan uchrashdi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilovni qabul qildi. Bu haqda Oqo‘rda saytida xabar berildi.
Qosim-Jo‘mart To‘qayev O‘zbekiston Qonunchilik palatasi raisi Nurdinjon Ismoilovni qutlar ekan, mamlakatlar mustahkam do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari, umumiy madaniy qadriyatlarga tayangan holda, davlatlararo sheriklik namunasi bo‘lgan mustahkam va uyg‘un munosabatlar o‘rnatganini ta’kidladi.
Qozog‘iston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan yil dekabr oyida Qozog‘istonga davlat tashrifi yakunlarini yuqori baholadi va bu Qozog‘iston-O‘zbekiston hamkorligini ittifoqchilik darajasiga olib chiqish imkonini berganini bildirdi.
«O‘zbekiston Qozog‘iston uchun qardosh davlat va ishonchli hamkordir, shuning uchun biz munosabatlarimizni rivojlantirishga alohida ahamiyat beramiz. Ittifoqchilik munosabatlarimiz keng ko‘lamli, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, gumanitar-madaniy sohalarni qamrab oladi. Bu borada parlament diplomatiyasi alohida o‘rin tutadi», dedi To‘qayev.
Nurdinjon Ismoilov, o‘z navbatida, Qosim-Jo‘mart To‘qayevga uchrashuv uchun minnatdorlik bildirdi, shuningdek, O‘zbekiston prezidentining samimiy tilaklari va iliq salomlarini yetkazdi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
21:23 / 13.11.2024
Dunyodagi zararli chiqindilarning bor-yo‘g‘i 1 foizi Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi – To‘qayev
21:02 / 17.10.2024
Rossiyani harbiy jihatdan yengib bo‘lmaydi - To‘qayev
20:51 / 16.10.2024
Qozog‘iston BRICS a’zosi bo‘lishdan bosh tortdi
17:06 / 06.10.2024