Jahon | 19:26 / 09.02.2022
10500
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropaning parvozlar soni bo‘yicha eng yirik aeroporti ma’lum qilindi

Reytingda yetakchi bo‘lgan Istanbul aeroporti 2021 yilda qariyb 40 million nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan.

Foto: Lefteris Pitarakis / AP

Yevropa havo xavfsizligi tashkiloti parvozlar soni bo‘yicha Yevropadagi eng yirik aeroportlar reytingini e’lon qildi, deb xabar berdi Avianews.

Unga ko‘ra, Istanbul aeroporti kuniga 893ta reys bilan reyting yetakchisi bo‘ldi.

Ikkinchi o‘ringa kuniga 826ta reys bilan Amsterdamdagi Sxipxol aeroporti  joylashdi.

Kuniga 778ta uchish-qo‘nish amalga oshiriladigan Madriddagi Baraxas aeroporti ro‘yxatda uchinchi bo‘ldi.

Yuqori o‘ntalikka shuningdek, Frankfurt, Sharl-De-Goll (Parij), Xitrou (London), Sabixa Gekchen (Istanbul), Myunxen, Barselona va Lissabon aeroportlari kirdi.

Reyting 30 yanvardan 5 fevralgacha kuniga o‘rtacha amalga oshiriladigan reyslar soni asosida tuzilgan.

Avvalroq Istanbul aeroporti 2021 yil yakunlari bo‘yicha Yevropaning eng zich aeroporti deb topilgandi. Aeroport qariyb 40 million nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan.

Mavzuga oid