O‘zbekiston | 11:05 / 10.02.2022
1564
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda neft mahsulotlarini talon-toroj qilish holati aniqlandi

“Navoiy neft bazasi” MChJ Zarafshon filialida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilib, 866,3 tonna neft mahsulotlari o‘zlashtirilgan.

“O‘zbekneftgaz” AJ xabariga ko‘ra, jamiyatning Moliyaviy va komplayens nazorat departamenti tomonidan “Navoiy neft bazasi” MChJda o‘rganish o‘tkazilgan. Jarayonda neft mahsulotlarining saqlanishi, iste’molchilarga yetkazib berilishi, debitorlik, kreditor qarzdorliklar bilan ko‘plab noo‘rin xarajatlar, shuningdek, amaldagi qonunchilikka rioya qilinmaslik holatlari aniqlangan.

Xususan, jamiyatning Zarafshon filiali boshlig‘i Ye.To‘xtamuratov, filialning sobiq bosh hisobchilari R.Umarov va J. Amantayev tomonidan manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yib, 8 ta xususiy AYoQShning interaktiv kartalariga jami 4 mlrd 110,8 mln so‘m pul mablag‘lari sun’iy ravishda kiritilgan hamda 866,3 tonna neft mahsulotlari o‘zlashtirilgan.

Shuningdek, 2022 yilning 25 yanvar holatiga Zarafshon filiali sexi boshlig‘i O‘.Jo‘rayev javobgarligidagi neft mahsulotlari xatlovdan o‘tkazilganda, jami 1 171 kg, umumiy qiymati 9,9 mln so‘mlik neft mahsulotlarining kamomadi rasmiylashtirilgan. 3ta FYoTShda esa 5,1 mln so‘mlik 516 litr neft mahsulotlarning kamomadi aniqlangan.

Mavzuga oid