Navoiydagi arxivlarda qancha hujjat saqlanayotgani ochiqlandi
2022 yilning 1 yanvar holatida Navoiy viloyatidagi davlat arxivlarida 287 920 saqlov birligidagi hujjatlar saqlanmoqda. Har yili viloyatdagi arxivlarga 10 ming saqlov birligidagi hujjatlar kelib tushadi.
2021 yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida Navoiy viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Sayyora Bekovaning ma’lum qilishicha, 2021 yilda viloyatdagi arxivlarda saqlanayotgan 821 saqlov birligidagi 69 694 kadr qog‘oz hujjatning elektron nusxasi yaratilgan. Joriy yilda esa 1 939 saqlov birligidagi 146 ming varoq hujjatni raqamlashtirish rejalashtirilmoqda.
Ta’kidlanishicha, o‘tgan yilda viloyatda 5 107 saqlov birligida boshqaruv, 1 168 saqlov birligida shaxsiy tarkib hujjatlari davlat saqloviga qabul qilingan.
Matbuot anjumanida bugungi davr tuman-shahar hokimliklarining qarorlarini davlat saqloviga qabul qilishda huquqiy ekspertizadan o‘tkazishni ham taqozo etayotgani haqida fikrlar bildirildi.
Mavzuga oid
16:28 / 01.11.2024
Zarafshon shahri aeroporti faoliyati tiklanishi mumkin
12:39 / 01.11.2024
Kichik GESlar “sanoat ipotekasi” asosida tadbirkorlarga beriladi
12:38 / 01.11.2024
O‘zbekistonda geologiya sohasida yangi tizim joriy etiladi
19:02 / 31.10.2024