O‘zbekiston | 14:19 / 11.02.2022
12440
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqand va Andijon viloyatlari YHXB boshliqlari ishdan olindi

Samarqand viloyati IIB YHXB boshlig‘i, polkovnik Farhod Xolbekovich Shayzoqov hamda Andijon viloyati IIB YHXB boshlig‘i podpolkovnik Saidolim Zingirov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident raisligida videoselektorda ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda qayd etilishicha, 2021 yilda Samarqand viloyatining Urgut tumanida 28 ta, Andijon viloyatining Andijon tumanida 20 ta avariyada odamlar hayotdan bevaqt ko‘z yumgan.

Ma’lumot uchun, Farhod Shayzoqov 2020 yil aprelida Samarqand viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi. U avvalroq Sirdaryo viloyati IIB YHXB boshlig‘i bo‘lgan.

Farhod Shayzoqov

Saidolim Zingirov 2017 yil sentyabridan buyon Andijon viloyati IIB YHXB boshlig‘i lavozimida ishlayotgandi. U 2017 yilgacha Jizzax viloyat IIB YHXB rahbari bo‘lgan.

Saidolim Zingirov

Bundan oldinroq, prezident videoselektorida Namangan viloyati IIB boshlig‘i Odil Otaxo‘jayev lavozimidan ozod etilgani, Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i Shuhratjon Sotvoldiyevga qat’iy ogohlantirish berilgani xabar qilingandi.