Surxondaryoda YPX xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan haydovchi ushlandi
Mast holda mashina boshqargan haydovchi 3 million so‘m evaziga o‘zi sodir etgan qoidabuzarlikni yengilroq jazo turiga almashtirib berishni so‘ragan.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 11 fevral kuni soat 21:00 larda Termiz tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimi tomonidan Isuzu yuk mashinasi to‘xtatilib, haydovchining hujjatlari tekshirilgan. O‘zaro muloqot chog‘ida YPX xodimi haydovchi N.Q.ning og‘zidan spirtli ichimlik hidi kelayotganini payqagan va uni tekshiruvdan o‘tishga taklif qilgan.
Narkolog shifokorning tekshiruv xulosasiga ko‘ra, haydovchi mast holda bo‘lgani tasdiqlangan. YPX xodimi tomonidan haydovchiga nisbatan MJtKning 131-moddasi tartibida bayonnoma rasmiylashtirilib, yuk mashinasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan.
Oradan 5 kun o‘tib, 2022 yil 16 fevral kuni haydovchi ma’muriy amaliyot xodimi yoniga kelib, 3 million so‘m evaziga huquqbuzarligini yengilrog‘iga almashtirib berishini iltimos qilgan.
Shundan so‘ng xodim viloyat IIB boshlig‘i nomiga bildirgi orqali murojaat qilib, pora taklif qilayotgan fuqaroga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.
Holat yuzasidan 16 fevral kuni soat 20:00 larda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.Q. YPX xodimiga 200 dollar hamda 1,8 million so‘m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Termiz shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:20 / 04.06.2024
Qoraqalpog‘istonda YPX xodimini urib tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqqa olindi
20:41 / 13.05.2024
Xorazmda YPX xodimidan yo‘lovchilari bilan birga qochgan taksichi jazolandi
16:31 / 02.05.2024
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
15:15 / 02.05.2024