Jamiyat | 13:30 / 20.02.2022
2502
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda soxta IIB xodimi ushlandi

Soxta xodim Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi shaxs bo‘lib chiqdi.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 15 fevral kuni Ishtixon tumani IIB xodimlaridan biriga tuman markazida ichki ishlar xodimlarining maxsus formasini kiyib yurgan shaxsning xatti-harakatlari shubhali tuyulgan.

Xodim shubhali ko‘ringan shaxsning oldiga borib qayerda ishlashini so‘raganda, u Ishtixon tumani IIBda ishlashini aytgan. Shundan so‘ng xodim undan guvohnomasini ko‘rsatishni so‘raganda ko‘rsata olmagan. Shubhali shaxs tuman IIBga olib borilib tekshirilganda uning Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashashi va ichki ishlar tizimida ishlamasligi aniqlangan.

Dastlabki surishtiruvda, ushbu shaxs ichki ishlar xodimlarining maxsus formasini Chiroqchi tumanida yashovchi tikuvchi ayoldan 100 ming so‘mga sotib olganini ma’lum qiladi.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid