Markaziy bankning Andijon viloyati bosh boshqarmasiga boshliq tayinlandi
Paxtaobod tumaniga hokim etib tayinlangan markaziy bank viloyat boshqarmasi boshlig‘i Elyorbek Usmonov o‘rniga yangi rahbar tayinlandi.
Oybek Isaqov Markaziy bankning Andijon viloyati bosh boshqarmasiga boshliq etib tayinlandi. U tayinlovga qadar Shahrixon tumani «Dorilomon» mahalla fuqarolar yig‘ini tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
O.Isaqov 1986 yil Andijon viloyatining Baliqchi tumanida tug‘ilgan. 2008 yil Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini, 2018 yil Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2004 yilda aksiyadorlik tijorat «Turon» banki Navoiy filiali jamg‘arma amaliyotlari shu’basi nazoratchisi vazifasidan boshlagan.
U 2006 yildan 2019 yilga qadar «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bank Andijon viloyat filiali naqd pul mablag‘lari berilishini monitoring qilish shu’basi mutaxassisidan «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bank Andijon viloyat filiali boshlig‘igacha bo‘lgan turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.
2019 yildan esa «Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankining Andijon viloyat boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. Tayinlovga qadar esa Shahrixon tumani «Dorilomon» mahalla fuqarolar yig‘ini tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Mavzuga oid
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
11:23 / 01.11.2024
«Biz uchun qiziqligi uning qaysi narxda kirib kelishi» – MB raisi energetika resurslari importida Rossiyaga qaramlik haqida
19:37 / 31.10.2024
«Valuta kursining 1 foizga qadrsizlanishi inflatsiyaga 0,3-0,4 foiz ta’sir ko‘rsatishi mumkin» - MB raisi
10:26 / 24.10.2024