O‘zbekiston va Eron imtiyozli savdo to‘g‘risida bitim imzolaydi
Tehronda savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston - Eron hukumatlararo komissiyasi hamraislari – O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov va Eron sanoat, konlar va savdo vaziri Said Rizo Fotimiy Aminning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston va Eron o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim loyihasini imzolashga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi, o‘zaro maqbul yechimlar ishlab chiqildi va kelishib olindi.
Tomonlar ikki mamlakat bozorlarida xaridorgir oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘zaro yetkazib berishni ko‘paytirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni qayd etib, o‘zaro savdo salohiyatidan to‘liq foydalanish zarurligi to‘g‘risida yakdil fikrga keldi.
Shuningdek, ikki mamlakat bojxona organlari o‘rtasida ikkala davlat bo‘ylab tovarlar va transport vositalari harakati bo‘yicha elektron axborot almashinuvi to‘g‘risidagi o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanishini jadallashtirishga kelishildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikning boshqa masalalari, jumladan, O‘zbekiston va Eron o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 14-yig‘ilishi kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi.
Mavzuga oid
22:15 / 21.09.2024
Eron oliy rahnamosi 40 nafar chet el fuqarosini afv etdi
18:21 / 19.09.2024
Do‘stona davlatlar bo‘ylab turne. Shoyguning KXDR, Eron va Suriyaga tashriflari ortida nima bor?
08:20 / 18.09.2024
Avgust oyida elektromobillar savdosi 2 baravar kamaydi
11:10 / 17.09.2024