Sirdaryoda noqonuniy tarzda sher bolasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatida she’r bolasini boqayotgan shaxslar haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Munosabatda ma’lum qilinishicha, Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi nazorat bo‘yicha inspeksiyasi inspektorlari hamda Viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda reyd tadbirlari o‘tkazilgan.
Tadbirda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan D.B. va A.Sh. ikkita sher bolasini noqonuniy ravishda olib ketayotganda ushlangan. Sher bolalari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, vaqtincha saqlash uchun belgilangan joyga joylashtirilgan.
Qayd etilishicha, hozirda sher bolalarining sog‘ligi yaxshi. Holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
12:37 / 05.11.2024
Sirdaryoda buvi va nevara qariyb 7 kg tilla taqinchoqni chegaradan yashirincha olib kirishga urindi
13:10 / 06.10.2024
Antikorrupsiya agentligi: Sirdaryo viloyatida 5 nafar hokim korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan
23:30 / 29.09.2024
Nigeriyada sher hayvonot bog‘i xodimini g‘ajib tashladi
13:20 / 29.09.2024