Beruniy tumaniga 50 mlrd so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratamiz – prezident
Qoraqalpog‘istonda tashrif bilan bo‘lib turgan prezident Beruniy tumani muammolari bo‘yicha to‘xtalib o‘tdi.
“Saudiya Arabistoni bilan 4 mlrd dollarlik loyihalarimizni boshladik. Ular ham Qoraqalpog‘iston aholisi farovonligiga xizmat qiladi. Bundan 5-6 yil oldin bizdan umuman to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya yo‘q edi, bori ham davlat kafolati bilan kelgan. Davlat kafolati degani, korrupsiya degani.
Beruniy tumaniga men quruq kelmadim, zarur pullarni ta’minlab beraman. Tumanning o‘ziga qo‘shimcha 50 mlrd so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi. Lekin bu pulni qayerga ishlatamiz, qanday ishlatamiz, qayerda ish o‘rinlari yaratamiz? Mana bu savollarga bugun javob topish kerak. Tumanning o‘zida rasmiy ma’lumotga ko‘ra 7700 ishsizlik, lekin real qarasa 10 mingdan ortiq aholi ishsiz. Qirqta mahalla uchun qanday qilib endi buncha ish o‘rni yaratamiz?
Investitsion loyihalar bilan birga tumanga 100 mlrd so‘m mablag‘ kirib keladi. Lekin o‘ylamanglar, hech joyda ortiqcha mablag‘ yotgani yo‘q. Men shu pullarni topib beryapmanmi, ularni halol-pok ishlatib, xalqimizni rozi qilish kerak. Endi muammolarni yashirib bo‘lmaydi, ularni yechish kerak”, – prezident so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
18:30 / 01.11.2024
Qoraqalpog‘istonda Lacetti kanalga tushib ketishi oqibatida uch yigit halok bo‘ldi
17:02 / 19.06.2024
Qoraqalpog‘istonda bolalarni olib ketayotgan avtomobil YTHga uchradi
11:52 / 24.10.2023
Beruniy tumani hokimi lavozimidan olindi
18:25 / 29.08.2023