OIV infeksiyasiga qarshi kurash choralari kuchaytirildi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda odam immunitet tanqisligi virusi infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targ‘ibot tadbirlari konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Konsepsiya quyidagilarni o‘z ichiga oladi: OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targ‘ibot tadbirlarining maqsadi va asosiy vazifalari; OIV kasalligining joriy holati va mavjud muammolari; OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishning ustuvor yo‘nalishlari; kutilayotgan natijalar.
Konsepsiyaning asosiy maqsadlari:
- aholi o‘rtasida OIV infeksiyasini tarqalishini kamaytirish;
- OIV infeksiyasining aholi, ayniqsa yoshlar orasida tarqalishining oldini olish masalasida aniq maqsadga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish;
- aholining turli qatlamlari, shuningdek, OIV infeksiyasini yuqtirib olish xavfi yuqori guruhlar, OIV infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarning yaqinlari orasida tushuntirish ishlari qamrovini yanada oshirish;
- yoshlar, ayniqsa o‘smirlar orasida OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha o‘tkaziladigan turli targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida OIV bilan kasallangan fuqarolarga nisbatan bag‘rikenglik, insoniylik muhitini shakllantirish;
- ijtimoiy tarmoqlarda OIV infeksiyasi xavfini muntazam yoritib boruvchi alohida bloglar/saytlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
Hujjat bilan O‘zbekistonda odam immunitet tanqisligi virusi infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targ‘ibot tadbirlari konsepsiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" ham tasdiqlandi.
U quyidagilardan iborat: OIV infeksiyasining oldini olish bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlar ro‘yxati; ushbu tadbirlarni amalga oshirish mexanizmlari; bajarish muddatlari; tadbirlarni moliyalashtirish manbalari; mas’ul ijrochilar ro‘yxati.
«Yo‘l xaritasi»da jami 23 ta tadbir nazarda tutilgan. Ular orasida: OIVni oldini olish, tashxis qo‘yish va davolashning inson salomatligi uchun xavfsiz usullarini o‘rganish; OITSga qarshi kurashda xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalarni o‘rnatish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; respublikada aholining barcha qatlami, ayniqsa qishloq aholisining OIV infeksiyasidan xabardorlik darajasini oshirish; aholi orasida OIV bilan kasallanganlarni erta aniqlash maqsadida tekshiruvlar qamrovini oshirish va boshqalar.
Mavzuga oid
13:50 / 22.10.2024
Olimlar OIV bilan kasallangan odamlar o‘rtasida buyrak ko‘chirib o‘tkazish xavfsizligini isbotladi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
07:16 / 20.08.2024
Sanoatni boshqarishning vertikal tizimi joriy etiladi
07:40 / 17.08.2024